O‘zbekistonlik chavandoz Abdurahmonova Medina Yevroosiyo ligasi musobaqasida yuqori natijalarga

O‘zbekistonlik chavandoz Abdurahmonova Medina Yevroosiyo ligasi musobaqasida yuqori natijalarga erishdi 🔆🇺🇿🏆

📍Moskva viloyati, Rossiya
🗓26–27 iyun 2025 yil

2025-yil 26–27 iyun kunlari Rossiyaning Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Yevroosiyo ligasi” doirasida xalqaro miqyosdagi musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar “Sorevnovaniya po konkuru <<ETAP KUBKA MAKSIMA PARK>>” hamda “ETAP MINI MASTERS” bosqichlari doirasida tashkil etildi.

Mazkur nufuzli sport tadbirida O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi vakili, yosh va istiqbolli chavandoz Abdurahmonova Medina munosib ishtirok etdi va yuksak natijalarga erishdi.

🔹 26 iyun kuni o‘tkazilgan 75 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida Abdurahmonova Medina yuqori sport mahorati namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medal bilan taqdirlandi.
🔹 27 iyun kuni esa u 85 sm balandlikdagi to‘siqlar bo‘yicha bellashuvda ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
📈

Abdurahmonova Medinaning ushbu yutuqlari nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki O‘zbekiston sportining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi. Yosh sportchining bu kabi yutuqlari mamlakatimizda ot sporti rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir.❗️
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uzbekistan #GrandPrix #SportYangiliklari #KonniySport #OtSporti #sportuz #SportYutuqlari #Live #dunyoxabarlari #uzb 🔗