O‘zbekistonlik sportchi Shuhrat Mustaramov Xolmirzayevich Moskva viloyatidagi xalqaro ot sporti musobaqasida g‘olib boldi 🏆🖇️✨
2025 yil 5 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida joylashgan KSK “Vivat, Rossiya!” majmuasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ot sporti musobaqasi — «Konkur Boom», ya’ni Moskva viloyati chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan sportchimiz Shuhrat Xolmirzayevich yosh otlar toifasida (105 sm balandlikdagi to‘siqlar bo‘yicha) oltin medal sovrindori bóldi. 🥇
Mazkur musobaqa o‘z nufuzi va ishtirokchilar soni bilan xalqaro miqyosda yirik sport tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda bir qator mamlakatlardan etakchi chavandozlar qatnashdi. Shuhrat Xolmirzayevich tomonidan ko‘rsatilgan yuqori sport mahorati va matonatli chiqish nafaqat shaxsiy, balki O‘zbekiston ot sporti tarixida ham muhim voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi va butun jamoatchilik nomidan sportchimizni ushbu muhim g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz hamda keyingi musobaqalarda ham yuksak zafarlar tilaymiz.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#jumpingregulations #feijumping #dunyoxabaralari #sportuz #ShowJumping ✅

