2025 yil 9–14 iyul
Moskva viloyati 🏆🎉
O‘zbekiston ot sporti vakillari Yevroosiyo o‘yinlarida ishtirok etadi
2025 yilning 9–14 iyul kunlari Moskva viloyatida “Yevroosiyo o‘yinlari” va “Yevroosiyo yoshlari musobaqalari” bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli sport tadbirida O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi ot sportining dressaj yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:✨
Derevyanko Alyona
Chistyakova Elena
Nuritdinov Feliks
Butovchenko Uma-Sofiya
Ushbu xalqaro musobaqa Yevroosiyo davlatlari o‘rtasida sport aloqalarini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish hamda sport orqali do‘stlikni targ‘ib etishga xizmat qiladi.✏️🇺🇿🎉
O‘zbekistonlik sportchilarga musobaqada yuksak natijalar, muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
#OtSporti #xabarlar #sportuz #jumpingregulations #sportyanglik #dressage ✅

