8 iyul 2025 yil, Toshkent shahriO‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida

8 iyul 2025 yil, Toshkent shahri

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025 yil 8 iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi majlislar zalida joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abdurahmonov ochib berdi va kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalarga to‘xtaldi.

Mazkur yig‘ilishda sport sohasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi davrdagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tanqidiy muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A. Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O. Umarov barcha sport ta’lim muassasalari va federatsiyalar rahbarlari bilan faol muloqot olib borib, hududlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Ushbu hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbar xodimlari ham ishtirok etdilar.
#Cavallo #xabarlar #sportxabarlar #dunyoxabaralari #GrandPrix #OtSporti #olimpiyada