O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo ligasi va MDH davlatlari Kubogida

O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo ligasi va MDH davlatlari Kubogida munosib ishtirok etdi🏆

2025-yil 3–6 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasi va MDH davlatlari Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari faol ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.🏆

Shaxsiy bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xotambekov Jasurbek yuqori sport mahoratini namoyon etib, 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy yo‘nalishda esa Erkinov Alisher, Dvoryanskiy Maksim va Xotambekov Jasurbekdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi kuchli jamoalar bilan bellashib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️🖇️
Musobaqa doirasida tashkil etilgan MDH davlatlari Kubogida ham sportchilarimiz o‘z salohiyatlarini namoyon etib, xalqaro miqyosdagi raqobatda yetarli darajada ishtirok etdilar.
🔖

Ushbu natijalar O‘zbekiston ot sportining izchil rivojlanayotganini va sportchilarimiz xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan darajaga yetganini yaqqol ko‘rsatmoqda.✏️

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi sportchilarimizning ushbu yutuqlarini yuqori baholab, ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Live #feijumping #dunyoxabaralari #sportuz #dunyoxabarlari #sportxabarlar #xabarlar #Cavallo