Moskva viloyati, 21 iyul 2025 yil🌎Abdurashidov Shavkat — “KUBOK

Moskva viloyati, 21 iyul 2025 yil🌎

Abdurashidov Shavkat — “KUBOK KSK ALMAZOVO” musobaqasining sovrundori 🎊
2025 yil 21 iyul kuni Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishidagi “Kubok KSK Almazovo” musobaqasining 4-bosqichi muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Marshrut raqami 4 bo‘yicha bellashuv to‘siqlar balandligi 110 sm etib belgilanib, sportchilar tozalik va chaqqonlik mezonlariga ko‘ra baholandi. Ushbu bahsda O‘zbekistonlik chavandoz Abdurashidov Shavkat o‘zining Hippokreytis laqabli oti bilan ishtirok etib, 0 ta jarima ochko va 67,5 soniya natija bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.🧮📌

Abdurashidov Shavkatning mazkur yutug‘i ot sporti sohasidagi yuksak mahorati va professional tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi. Bu g‘alaba nafaqat shaxsiy yutuq, balki xalqaro miqyosdagi sport maydonlarida o‘zbekistonlik chavandozlarning salohiyatini ko‘rsatib berdi.🥇

Musobaqa tashkilotchilari, hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar sportchining chiqishini yuqori baholab, unga kelgusi musobaqalarda ham omad tilashdi.

📝🏆🇺🇿🎉🥇
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#jumpingregulations #SportYutuqlari #Live #sportuz #sportuz #Cavallo #dunyoxabaralari 📣