🇺🇿🎉🌎
2025-yil 24–26 iyul kunlari Rossiyaning Moskva viloyatida ot sporti bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar – Mini Masters bosqichi hamda Maksima Park Kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqalarda turli davlatlardan iqtidorli sportchilar qatnashdi.
Faxr bilan ta’kidlash joizki, musobaqada ishtirok etgan yosh va umidli O‘zbekiston chavandozlari yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, faxrli o‘rinlarni egallashdi 🎉
80 sm balandlikda ;
🥇Proshunkova Aleksandra Andreevna (2014-y.t.) – 1-o‘rin
🥈Sopshina Kira Andreevna (2012-y.t.) – 2-o‘rin
🥉Khidirova Mariam (2012-y.t.) – 3-o‘rin
Bu yutuqlar O‘zbekiston ot sporti rivojlanishining yorqin dalilidir. Yosh sportchilarimiz nafaqat texnik ва jismoniy tayyorgarligi, balki qat’iyat va professionalligi bilan musobaqa hakamlarini va tomoshabinlarni qoyil qoldirdi.
O‘zbekiston chavandozlarini ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularga oldinda turgan xalqaro startlarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dunyoxabarlari #SportYutuqlari #TeamUzbekistan #Otsporti #Uzbekistan ⭐️

