🇺🇿🐎O‘zbekiston ot sporti Osiyo maydonida!2025-yil 22–27-oktabr kunlari Bahrayn Qirolligining

🇺🇿🐎O‘zbekiston ot sporti Osiyo maydonida!
2025-yil 22–27-oktabr kunlari Bahrayn Qirolligining Manama shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘smirlar Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. 🇺🇿
🏇 Sharipov Akbar, o‘zining “Afir” laqabli oti bilan 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida yuksak mahorat, matonat va chavandozlik san’atini namoyon etdi. Kuchli raqobat kechgan final bosqichida u 4-o‘rinni egalladi.
👏
Shuningdek, Valijonov Boburjon va Shokirov Dilshod ham o‘z chiqishlarida barqaror natijalar ko‘rsatib, terma jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissa qo‘shdilar.
🐴💪
Bu natijalar O‘zbekiston ot sportining izchil rivojlanayotganini hamda yosh chavandozlarimiz xalqaro maydonda o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Sharipov Akbarni, uning murabbiylarini, shuningdek Valijonov Boburjon, Shokirov Dilshod va butun terma jamoamizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi!
🎉
Biz yosh chavandozlarimizdan faxrlanamiz va kelgusida yanada ulkan g‘alabalarga erishishlariga ishonamiz! 🇺🇿
🐎
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzbekistanEquestrian #Otsporti #TeamUzbekistan
#AkbarSharipov #AfireLabely #AsianYouthGames2025 #Manama #Bahrain #PrideOfUzbekistan #UzSport #YouthChampions