Yiliqchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev

Yiliqchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) prezidenti Ingmar De Vos bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonda ot sportini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro tajribani keng joriy etish, sport infratuzilmasini takomillashtirish hamda yosh chavandozlar tayyorlash tizimini rivojlantirish borasida fikr almashdilar.
Bahromjon Gaziyev O‘zbekistonda ot sportiga davlat miqyosida e’tibor kuchayib borayotganini, so‘nggi yillarda zamonaviy ot sporti majmualari barpo etilayotgani va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, FEI prezidenti Ingmar De Vos O‘zbekistonning ot sporti sohasidagi faolligini yuqori baholab, xalqaro federatsiya mamlakatimiz bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistonda ot sportining keng ommalashayotgani va yoshlarning bu sohadagi qiziqishi ortib borayotgani quvonarli holat ekanini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro xotira uchun milliy va ramziy ahamiyatga ega estalik sovg‘alari almashdilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning xalqaro sport hamkorligi doirasidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, mamlakatimizda ot sportini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzEquestrian #Sport2025 #XalqaroMusobaqa #Otsporti