FEI Jumping World Challenge – 2025: Universal Horses Stable,

FEI Jumping World Challenge – 2025: Universal Horses Stable, Toshkent
Toshkent, Oʻzbekiston – Universal Horses Stable ot sport klubida FEI Jumping World Challenge – 2025 musobaqasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Musobaqa xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, unda kuchli chavandozlar ishtirok etdi.
Musobaqaning 2–3 bosqichi 2025 yil 13–14 noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqichlarda mamlakatimizning eng kuchli hakamlari va xalqaro mutaxassislar ishtirok etadi, bu esa musobaqa sifatini oshiradi va sportchilarga yuqori darajada raqobatlashish imkonini beradi.
Musobaqa davomida sportchilar o‘z mahoratini namoyish etadilar, yosh sportchilar tajriba orttiradilar va xalqaro standartlarda raqobatlashish imkoniga ega bo‘ladilar. Tadbir shuningdek sportni rivojlantirish, ot sportining ommaviyligini oshirish va yosh avlodni sportga jalb qilishga xizmat qiladi.
Dastur:
13 noyabr, payshanba
10:00 – Vyvodka (hayvonlarni kórigi)
11:30 – Marshrutni ko‘rish
12:00 – Musobaqalar boshlanishi, 1-git (Kategoriya A, B, C)
14:00 – Marshrutni ko‘rish
14:30 – Musobaqalar boshlanishi, 2-git (Kategoriya A, B, C)
16:30 – Mukofotlash marosimi
14 noyabr, juma
9:00 – Marshrutni ko‘rish
9:30 – Musobaqalar boshlanishi, 1-git (Kategoriya A, B, C)
14:00 – Marshrutni ko‘rish
14:30 – Musobaqalar boshlanishi, 2-git (Kategoriya A, B, C)
17:00 – Mukofotlash marosimi
🎉