2025 yil 20–23 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida CSI 3* 145 sm da xalqaro ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etdi va O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi.
Musobaqada sportchimiz Kurbanov Bekzod o‘zining Matss VG ot bilan ishtirok etib, jahon maydonida yuqori natija ko‘rsatdi va 5-o‘rinni egalladi. Ushbu natija nafaqat sportchimiz uchun, balki O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish yo‘lida navbatdagi qadam hisoblanadi.
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi Kurbanov Bekzod va uning murabbiylarini ushbu yutuq bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi xalqaro startlarda muvaffaqiyatlar tilaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#TeamUzbekistan #Olimpiya2028 #UzEquestrian #ShowJumping ✨

