21 noyabr Toshkent shahrining Shayxonto‘hur tumanida joylashgan “Tashkent City Park” majmuasida UIPM – Xalqaro zamonaviy beshkurash federatsiyasi shafeligida, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan Global Laser City Tour musobaqasining ikkinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Gaziev Bahromjon Valievich, taklif etilgan nufuzli mehmonlar — O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Qosimov Oybek Omilovich hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Rahimova Durdona Shukurillaevna ishtirok etdilar.
Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi. Barcha qatnashchilarga maxsus sertifikatlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tadbirning o‘tkazilishi mamlakatimizda zamonaviy beshkurash sport turining yanada rivojlanishi, aholi o‘rtasida keng targ‘ib etilishi va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan amaliy qadam sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#TeamUzbekistan #Olimpiya2028 #uzxabarlar ✨

