O‘zbekiston chavandozlari BAAning Fujayra shahridagi CSI3* musobaqasida ishtirok etadi
2025 yil 20–23 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* darajasidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada dunyoning bir qator davlatlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Jamoa tarkibidan quyidagi chavandozlar ishtirok etadi:
Kurbanov Bekzod
Abdullaev Feruz
Abdullaev Abdurahmon
Terma jamoamizning ishtiroki xalqaro tajriba orttirish, reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda O‘zbekistonda ot sporti rivojiga hissa qo‘shish imkonini yaratadi.
Mazkur musobaqada yurtimiz nomidan ishtirok etadigan sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Equestrian #Sport #UzbekistanEquestrian #XalqaroMusobaqa #Olympics2028 ✨

