2025 yil 27–30 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan Al Bahiyya International Equestrian Arena majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* hamda CSIYH1* toifadagi nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqa jahon darajasidagi eng kuchli chavandozlar ishtirok etadigan, zamonaviy talablarga to‘liq moslashtirilgan maydonlarda uyushtiriladigan yirik xalqaro turnirlardan biri hisoblanadi. Musobaqa davomida sportchilar marra vaqtiga va to‘siqlardan o‘tish aniqligiga ko‘ra baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi ushbu musobaqada quyidagi tarkib билан ishtirok etmoqda:
Gaziev Bahromjon
Kurbanov Bekzod
Abdullayev Abdurahmon
Abdullayev Feruz
Sportchilarimiz musobaqaning turli bosqichlarida o‘z mahoratini namoyish etish orqali xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda 2028 yilgi yirik xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish — xususan, litsenziya jarayonida muhim uchrashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilgan.
O‘zbekiston Ot Sporti Federatsiyasi sportchilarimizning ushbu musobaqadagi ishtirokini muhim bosqich sifatida baholaydi va ularning sharafli natijalar qayd etishlariga ishonch bildiradi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #TeamUzbekistan #showjumpersofinstagram #Dubai2025 ✨🇺🇿☄️🌍

