Abu-Dabi, BAA | 27–30 noyabr 2025Abu-Dabi shahridagi Al Bahiyya

Abu-Dabi, BAA | 27–30 noyabr 2025
Abu-Dabi shahridagi Al Bahiyya International Equestrian Arenada 27–30 noyabr kunlari ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida CSI2* va CSIYH1* darajasidagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda. Turnir yuqori sifatli maydonlar va dunyoning yetakchi chavandozlari ishtiroki bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston terma jamoasi natijalari
O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda 2028 yilgi yirik sport musobaqalari uchun litsenziya jarayonining muhim bosqichlarini bajarish maqsadida qatnashmoqda.
30 noyabr kuni o‘tkazilgan bahslarda terma jamoamiz a’zosi Bekzod Kurbanov 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashda yuqori natija qayd etib, oltin medalni 🥇 qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba sportchining xalqaro maydondagi o‘sish dinamikasini yana bir bor tasdiqlaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Jumping #HorseSport #Omad #uznews