Oʻzbekiston terma jamoasi Abu Dabi shahridagi CSI4* xalqaro musobaqasida ishtirok etdi
2025 yil 11–14 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha CSI4* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqa turliy yo‘nalishlarda dunyoning eng kuchli chavandozlarini birlashtirdi.
Musobaqaning 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Sharipov 125 sm balandlikdagi yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5-o‘rinni egalladi.
CSI4* musobaqasi FEI (Xalqaro ot sporti federatsiyasi) reyting tizimiga kiradi. Ushbu musobaqada qo‘lga kiritilgan natijalar sportchilarga xalqaro reyting ochkolarini jamg‘arish imkonini beradi. Mazkur ochkolar kelgusida, jumladan, 2028 yil Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylari ta’kidlashicha, Abu Dabi musobaqasi sportchilarning mahorati va raqobatbardoshligini namoyon etish bilan birga, ularni xalqaro maydonda yuqori reytinglarga olib chiqish hamda Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash jarayonida muhim bosqich hisoblanadi.
Barcha sportchilarimizga keyingi startlarda omad tilaymiz! Ushbu musobaqa Oʻzbekiston ot sportining jadal rivojlanib borayotganini va professional darajaga chiqayotganini yana bir bor namoyon etdi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Equestrian #CSI4Star ✨#AbuDhabi2025 #Sport2025 #UzXabarlar #UzbekistanEquestrian 🏇🏆

