🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi “Sharjah Nation Cup” musobaqasida ishtirok etadi
2026 yilning 29 yanvar – 1 fevral kunlari BAA🇦🇪, Sharja shahrida ot sporti bo‘yicha xalqaro turnir — Sharjah Nation Cup bo‘lib o‘tadi. Musobaqa FEI tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli chavandozlar qatnashadi.
Turnir ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilib, quyidagi toifalarni o‘z ichiga oladi: CSIO4*, CSI1* (indoor), CSIYH1* (outdoor), CSIOY (outdoor), CSIOJ (indoor) hamda CSIOCh (indoor).
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.
Ushbu turnir o‘zbekistonlik chavandozlar uchun xalqaro maydondagi tajribani oshirish, sport mahoratini namoyon etish hamda yuqori natijalar uchun kurashishda muhim imkoniyat hisoblanadi.
O‘zbekiston terma jamoasiga Sharjah Nation Cup musobaqasida omad, ishonchli chiqishlar va muvaffaqiyatli natijalar tilaymiz!🐎🏆

