🏇 Xalqaro musobaqaning ikkinchi kuni – 19-aprel
Bugun, 19-aprel kuni, yurtimiz mezbonlik qilayotgan CSI1-W Jahon kubogi* hamda Osiyo kubogi “AEF Cup” doirasidagi xalqaro ot sporti musobaqalarining ikkinchi kuni o‘z yakuniga yetdi.
📋 Bugungi dastur natijalari quyidagicha:
🏅 Competition 3 — 125 sm to‘siqlar
🥇 Kurbanov Bekzod – Santos Hippica (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥈 Tryapitsin Andrey – Florizell (Qirg‘iziston 🇰🇬)
🥉 Erkinov Alisherjon – Etos (O‘zbekiston 🇺🇿)
🏅 Competition 4 – 145 sm | Gran-pri saralash
🥇 Kurbanov Bekzod – Quintus HB (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥈 Turg‘unboyev Saidamirxon – Calleko (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥉 Alimdjonov Xurshidbek – Champions League (O‘zbekiston 🇺🇿)
🏅 Kubok Maxima Masters Eurasia – 145 sm
🥇 Kurbanov Bekzod – Quintus HB (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥈 Alimdjonov Xurshidbek – Champions League (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥉 Galimov Rinat – Grey-D’argouges (Qirg‘iziston 🇰🇬)
🏅 Competition 2 | Osiyo kubogi (AEF Cup) – 115 sm
🥇 Jawad Nizam – Orange White VDL (Suriya 🇸🇾)
🥈 G‘aziyev Baxromjon – Jodcasalla A-Z (O‘zbekiston 🇺🇿)
🥉 Turg‘unboyev Saidamirxon – Jordy (O‘zbekiston 🇺🇿)
🎉 Bugungi kun yuqori sport ruhi, kuchli raqobat va yorqin chiqishlarga boy bo‘ldi. Chavandozlar o‘zining mahorati, mashaqqatli tayyorgarligi va ot sportiga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar. Ayniqsa, O‘zbekistonlik sportchilar bir nechta yo‘nalishlarda yetakchilikni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.
📣 Ertaga — Gran-pri final bosqichi!
Bu eng muhim va hayajonli bahs bo‘lib, unda musobaqaning bosh sovrini uchun kurash bo‘lib o‘tadi. Barchani ushbu unutilmas daqiqalarda ishtirok etishga taklif qilamiz!
🇺🇿 Sportchilarimizga omad yor bo‘lsin! 💪🐎
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#dressage #feijumping #Live #cavallo #sportyanglik #uznews