🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi hamda nufuzli xalqaro ot

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi hamda nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari davom etmoqda!
📍 Toshkent shahri, “Universal Horses Stable” ot sporti klubi
📅 17–28 aprel, 2025-yil

Joriy yilning 17–28 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda joylashgan “Universal Horses Stable” ot sporti klubida ot sportining ikki asosiy yo‘nalishi — to‘siqlardan sakrash (konkur) va ot yo‘rttirish (dressaj) turlari bo‘yicha qator yirik va nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar doirasida quyidagi turnirlar o‘rin olgan:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi
🔹 Jahon kubogi 1–2-saralash bosqichlari
🔹 Osiyo kubogi
🔹 CDI1* (FEI Dressage xalqaro darajadagi musobaqa)
🔹 FEI Dressage World Challenge

🏆 21–24 aprel kunlari ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishidagi bahslar – ya’ni CDI1* va FEI Dressage World Challenge musobaqalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlari munosib ishtirok etishdi va quyidagi yutuqlarga erishishdi:

Yakkalik bahslarda umumiy hisobda:
🥇 4 ta oltin medal (1-o‘rin)
🥈 6 ta kumush medal (2-o‘rin)
🥉 6 ta bronza medal (3-o‘rin)
🟡 Jami: 16 ta medal

🔹 Shuningdek, jamoaviy bahslarda milliy terma jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

📅 24-aprel, final kuni o‘tkazilgan quyidagi dasturlar ham musobaqaning yorqin va hayajonli lahzalaridan bo‘ldi:

🔵 CDI1 | Intermediate I Freestyle — Yakkalik bahslar*
🥇 1-o‘rin – Karkavtseva Yekaterina — Botsman
(🇰🇬 Qirg‘iziston)
🥈 2-o‘rin – Panayev Temur — Jazel
(🇺🇿 O‘zbekiston)
🥉 3-o‘rin – Abdullayeva Feruza — Passaj
(🇺🇿 O‘zbekiston)

🟣 Maxima Masters Евразия | Intermediate I Freestyle — “Малый Кубок”
🥇 1-o‘rin – Shevtsova Alina — Zamperoni
(🇷🇺 Rossiya)
🥈 2-o‘rin – Shevtsova Alina — Nocito De Muze
(🇷🇺 Rossiya)
🥉 3-o‘rin – Karkavtseva Yekaterina — Botsman
(🇰🇬 Qirg‘iziston)

🎉 Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida faxriy mehmon — O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Maxmudov Shaxrillo Sharipovich ishtirok etdi va sportchilarni tabrikladi.

🏇 Endi esa musobaqaning keyingi bosqichi — to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishidagi bellashuvlarga navbat!
24–27 aprel kunlari davomida:
🔹 Jahon kubogi 2-bosqichi
🔹 Maxima Masters Евразия
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi musobaqalari ot sporti muxlislarini yanada ko‘proq hayajonli daqiqalar bilan quvontiradi.

📆 Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik xalqaro sport tadbiri 28-aprelga qadar davom etadi.
🔔 Biz bilan qoling va O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi yorqin sahnalaridan bahramand bo‘ling!
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#eq #horse #uZnews #dunyoxabarlari