🏁 CSI1-W Jaxon Kubogi – 2-bosqich boshlandi!*24-aprel kuni otlarni

🏁 CSI1-W Jaxon Kubogi – 2-bosqich boshlandi!*

24-aprel kuni otlarni veterinar ko‘rigidan o‘tkazish bilan start olgan CSI1*-W FEI Jumping World Cup Eurasian League musobaqasining 2-bosqichi bugun, 25-aprel kuni birinchi bellashuvlar bilan boshlandi.

Sportchilar jasorat, aniqlik va uyg‘unlikda ishlash mahoratini namoyon etgan ushbu kunda quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

🏅 CSI1-W Competition 1 – 125 sm*
🔹 Aniqlik va tezlik talab etiluvchi ushbu bosqichda quyidagi chavandozlar peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi:

🥇 1-o‘rin – Kurbanov Bekzod – Santos Hippica
(🇺🇿 O‘zbekiston)
🥈 2-o‘rin – Sokolenko Oleg – Cinderalla
(🇰🇿 Qozog‘iston)
🥉 3-o‘rin – Erkinov Alisherjon – Etos
(🇺🇿 O‘zbekiston)

🏅 Maxima Masters Eurasia Cup – Competition 1 – 125 sm
🔹 Mintaqaviy musobaqaning ilk bahsida esa natijalar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin – Kurbanov Bekzod – Santos Hippica
(🇺🇿 O‘zbekiston)
🥈 2-o‘rin – Erkinov Alisherjon – Etos (🇺🇿 O‘zbekiston)
🥉 3-o‘rin – Negmatov Ashrafxon – Casamira
(🇺🇿 O‘zbekiston)

🏅 CSI1-W Competition 2 – 140 sm*
🔹 Yuqori to‘siqlar sinovida tajriba, tezlik va ishonch muhim rol o‘ynadi:

🥇 1-o‘rin – Sharipov Akbar – Affir (🇺🇿 O‘zbekiston)
🥈 2-o‘rin – Batalova Xeniya – Lady DI
(🇰🇿 Qozog‘iston)
🥉 3-o‘rin – Alimdjanov Xurshidbek – Champions League
(🇺🇿 O‘zbekiston)

🏅 Maxima Masters Eurasia Cup – Competition 2 – 140 sm
🔹 Ushbu bosqichda quyidagi chavandozlar yetakchilik qildilar:

🥇 1-o‘rin – Batalova Xeniya – Lady DI
(🇰🇿 Qozog‘iston)
🥈 2-o‘rin – Alimdjanov Xurshidbek – Champions League (🇺🇿 O‘zbekiston)
🥉 3-o‘rin – Turg‘unboyev Saidimrxon – Calleko
(🇺🇿 O‘zbekiston)

🏅 Milliy musobaqa – 110 sm
🔹 Xalqaro musobaqa doirasida o‘tkazilgan milliy bahslar ham katta qiziqish uyg‘otdi:

🥇 1-o‘rin – Usmanov Ulug‘bek – Karina
🥈 2-o‘rin – Shokirov Dilshod – Kaskad
🥉 3-o‘rin – Xotambekov Jasur – Yodkasal

📆 Musobaqalar davom etmoqda!
24–27 aprel kunlari davomida ot sportining eng nufuzli bellashuvlari –
🔸 Jahon kubogi 2-bosqichi,
🔸 Maxima Masters Eurasia,
🔸 va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi
muhlislarni unutilmas lahzalar bilan quvontiradi.

🎉 Yurtimiz chavandozlariga omad tilaymiz va barchani ushbu sport bayramidan bahramand bo‘lishga taklif etamiz!
#uz #uznews #jumping #eq