Ot sportchilarimiz Yevroosiyo ligasi musobaqalarida uch yo‘nalishda ishtirok etishmoqda.✅🎊
Avval xabar berganimizdek, 2025-yilning 10-iyun kuni ot sporti yo‘nalishi – uch turdan iborat bo‘lgan yo‘nalishda bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan Yevroosiyo ligasining nufuzli musobaqasida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqqan edi.
Jamoamiz azolari musobaqa mezbon davlatiga yetib kelishdi va darhol tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Moskvaga yetib kelgach, ular otlarni joylashtirdilar, mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirdilar va har kuni mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda 🇺🇿🐎
Ayni paytda sportchilarimiz ham yakka tartibda, ham jamoa bo‘lib kundalik mashg‘ulotlarga jalb etilib, har bir bosqich – ko‘tarilish kros va sakrash (to‘siqlardan sakrash) bo‘yicha har bir bosqichga puxta hozirlik ko‘rmoqda.
Ushbu musobaqa sportchilarimizning xalqaro tajriba va raqobat muhitini his etishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir chavandoz va murabbiy terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilish uchun bor salohiyatini safarbar etgan.
O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan barcha chavandozlarimizga omad, sog‘lik va g‘alabalar tilaymiz! Ular xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishlariga ishonchimiz komil.🏆
👉 Musobaqa tafsilotlari, natijalari va fotosuratlari bilan yaqin kunlarda bo’lishamiz. Yangiliklarni kuzatib boring, xabardor bo’lib boring; Biz bilan qoling!🎗️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#OtSporti #ShowJumping #SportYangiliklari #SportYangiliklari #jumpingregulations