O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Evroosiyo ligasida ishtirok etadi
🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖
2025 yilning 3–6 iyul kunlari Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha Evroosiyo ligasi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston 🇺🇿 terma jamoasi ham ishtirok etadi.🖇️
Evroosiyo ligasi ot sporti sohasidagi eng yirik va nufuzli xalqaro musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan eng kuchli chavandozlar o‘z mahoratini namoyish etadilar. Musobaqa qatnashchilardan yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, mahorat va chidamlilikni talab etadi.📌🧮
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni maqsad qilgan. Jamoa tarkibida mamlakatimizning eng kuchli va tajribali chavandozlari ishtirok etadi. Ular musobaqa oldidan zarur tayyorgarlik ishlarini yakunladilar.
O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi barcha sportchilarimizga musobaqada omad va yuqori natijalar tilab qoladi.🏆📈
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uzxabarlar #generalassamly #sportxabarlari #dunyoxabaralari #OtSporti #feijumping