O‘zbekistonlik yosh kamonchilar Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda
2025-yil 12–17 va 17-21 avgust kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida ot ustida kamondan otish va milliy kamonchilik bo‘yicha xalqaro musobaqa — Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.🔦
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yosh va iqtidorli sportchilarimiz “ot ustida kamondan otish” yo‘nalishida ishtirok etishmoqda. Bellashuvlarga 12-avgust kuni rasmiy start beriladi.
Terma jamoamiz musobaqa joyiga sog‘-salomat yetib bordi va hozirda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida ishtirok etmoqda. Yosh kamonchilarimiz ushbu xalqaro maydonda o‘z mahoratlarini namoyon etishga, shuningdek, yurtimizda rivojlanib borayotgan milliy sport turlarini dunyoga tanitishga bel bog‘lashgan.
“Ot ustida kamondan otish” — qadimiy an’analarimizni zamonaviy sport bilan uyg‘unlashtirgan, milliy iftixorimiz bo‘lgan sport turi hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yoshlarimizning xalqaro maydonda qatnashayotgani — bu yuksak e’tibor va izchil islohotlarning samarasi hisoblanadi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzEquestrian #ShowJumping #OtSporti #OliyMahorat #dunyoxabaralari 📞

