“2025-yil 14-avgust kuni 🌎Qozog‘iston Respublikasining Aktobe shahrida ot ustida kamondan otish sport yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro darajadagi sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim doirasida bayramona ochilish paradi tashkil etildi hamda barcha ishtirokchilar uchun musobaqalarga rasmiy start berildi.
Mazkur tadbir sport ruhini, do‘stlik va halollik tamoyillarini ulug‘laydi. Bu musobaqalar nafaqat ishtirokchilarning mahoratini sinovdan o‘tkazadi, balki sport orqali xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barcha sportchilarimizga kuch-g‘ayrat, yuksak natijalar va omad tilaymiz. G‘alaba doimo mehnatsevar, sabotli va fidokor sportchilarning bo‘lsin!”🔇
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzEquestrian #XalqaroMusobaqa #OtSporti #SportMaktabi #SportYutuqlari #TeamUzbekistan ☄️

