2025 yil 24 avgust kuni ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha AEF Kubogi doirasida o‘tkazilgan CUP – CSI1*/CSIJ-B musobaqasida yurtdoshimiz Vipritskaya Viktoriya 100 sm balandlikdagi bahsda munosib ishtirok etib, faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Mazkur natija Vipritskaya Viktoriya uchun katta yutuq bo‘lib, O‘zbekiston ot sporti rivojiga qo‘shilgan yana bir muhim hissadir. Sportchimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#eq #uzb #koniysport ✅

