O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
2025 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyaning Selangor shahrida bo‘lib o‘tadigan AY CSIJ-B & CSI1 AEF* xalqaro ot sporti musobaqasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini Vipritskaya Viktoriya himoya qiladi. U “to‘siqlardan sakrash” yo‘nalishi (Show Jumping) bo‘yicha yurtdoshlarimizni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyon etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi sportchimizga omad, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaydi. Mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#OtSporti #XalqaroMusobaqa #dunyoxabaralari #Otsporti #SportMaktabi #✅

