Vipritskaya Viktoriya xalqaro musobaqada munosib natija ko‘rsatdi🎊✅
2025 yil 23 avgust kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan AEF xalqaro ot sporti musobaqasi doirasida Vipritskaya Viktoriya CSI1*/CSIJ-B toifasidagi 100 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bellashuvda ishtirok etib, kuchli sportchilar orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi.🐎
Mazkur musobaqa Osiyo mintaqasining nufuzli ot sporti tadbirlaridan biri hisoblanib, unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yetuk chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Vipritskaya Viktoriya tomonidan erishilgan ushbu yutuq yurtimiz ot sportining xalqaro maydondagi yuksalayotgan salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Sportchimizni ushbu natijasi bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda yanada yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Otsporti #SportMaktab #
✅ #UzEquestrian #TeamUzbekistan 📫

