📅 2025 yil 27–30 avgust
📍 Tatariston Qozon
📝
O‘zbekiston terma jamoasi “Rais sovruni” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi
2025 yilning 27–30 avgust kunlari Tataristonning Qozon shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Rais sovruni” nomli xalqaro sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa har yili turli davlatlardan yetuk sportchilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi ham faol ishtirok etadi. Respublikamiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Gaziyev Bahromjon va Sobirjonov Oqil ,Erkinov Alisher , Alimjanov Xurshidbek ,Sharipov Akbar ,Kurbanov Bekzod 🏆
Shokirov Dilshod – O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘zining yuksak mahorati va barqaror natijalari bilan tanilgan sportchi.
Ushbu musobaqa sportchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘lishi, ularning xalqaro arenadagi pozitsiyasini mustahkamlashda muhim omil sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

