2025-yil 28-avgust kuni Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” maydonida

2025-yil 28-avgust kuni Toshkent shahridagi “Universal Horses Stable” maydonida ot sportining konkur (to‘siqlardan sakrash) turi bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli chavandozlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.
🏆🎊
Marshrut №1 – Kategoriya “D” (Ochiq sinf, 130 sm balandlikdagi to‘siqlar)
1-o‘rin – Tolibayev Azam (Ot: Irving)
2-o‘rin – Tohirjonov Lochin (Ot: Chakaena)
3-o‘rin – Rozmuxamedov Bekzod (Ot: Akdarnus)
Marshrut №2 – Kategoriya “D” (15–18 yoshli o‘smirlar, 120 sm)
1-o‘rin – Saidniyazova Yasmina(Ot: Kamerlan)
2-o‘rin – Abduyaminov Asilbek (Ot: King Kornet)
3-o‘rin – Abduyaminov Asilbek (Ot:Perfect )
Marshrut №3 – Kategoriya “E” (Ochiq sinf, 110 sm)
1-o‘rin – Tohirjonov Lochin (Ot: Kaskat)
2-o‘rin – Rozmuxamedov Bekzod (Ot: Navruz)
3-o‘rin – Sigidina Anna (Ot: Elis Ji)
Marshrut №4 – Kategoriya “C” (2011–2015 yillarda tug‘ilgan bolalar, 100 sm)
1-o‘rin – Said-Axmedova Asalxon (Ot: Karina)
2-o‘rin – Toxtanazarov Bilolbek (Ot: Lider)
3-o‘rin – Nazarova Sevinch (Ot: Elis Ji)
Marshrut №5 – Kategoriya “Yangi boshlagan otlar” (90 sm)
1-o‘rin – Urunbayev Javohir (Ot: Red Bull)
2-o‘rin – Sadiqov Timur (Ot: Skarta)
3-o‘rin – Xaydarov Iskandar (Ot: Sapphir)
Marshrut №6 – Kategoriya “Yangi boshlagan sportchilar” (90 sm)
1-o‘rin – Arman Nigina (Ot: Peppermil)
2-o‘rin – Berezkina Sofiya (Ot: Raport)
3-o‘rin – Xabib Suxayla (Ot: Raport)
Ushbu chempionat chavandozlarning mahoratini yanada oshirish, yangi iste’dodlarni kashf etish va ot sportini ommalashtirishga xizmat qildi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va kuboklar bilan taqdirlandi.