2025 yil 10-13 sentyabr kunlari Moskva viloyatida “Biznes na kone” musobaqasi bo‘lib o‘tadi 📥📥📥📥
Moskva viloyati, 2025 yil sentyabr – 2025 yilning 10-13 sentyabr kunlari Moskva viloyatidagi KSK “Vivat” maydonida mamlakatimizning eng nufuzli va jadal o‘tkaziladigan “Biznes na kone” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim tadbirga biznes va sport olamida faoliyat yuritayotgan ko‘plab ishtirokchilar qatori yorqin iqtidorga ega bo‘lgan — Alisher Erkinov va Khurshidbek Alimjanovlar ham taklif etilgan.
“Biznes na kone” musobaqasi nafaqat sport, balki biznes sohasida ham muvaffaqiyatga erishish uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon etish va yangi hamkorliklar o‘rnatishga yo‘naltirilgan. Musobaqa ishtirokchilariga o‘z malakasini yanada takomillashtirish va yangi tajriba orttirish uchun keng maydon taqdim etiladi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga omad, muvaffaqiyat va salomatlik tilaymiz. Musobaqaning yakunlari va eng muhim daqiqalari haqidagi ma’lumotlar albatta omma e’tiboriga havola qilinadi
🪧🪧🪧🪧🪧🪧🪧🪧
#TeamUzbekistan #OtSportiFederatsiyasi #Live #SportMaktab #dunyoxabaralari #OliyMahorat ✉️
