2025 yil 11 sentyabr, Moskva viloyati
O‘zbekiston chavandozlari “Biznes na kone” musobaqasida yuksak natijalarga erishdi
2025 yil 11 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan “Biznes na kone” nomli xalqaro ot sporti (konkur) musobaqasida o‘zbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishishdi.
Musobaqa doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:🎗️
110 sm to‘siqlar bo‘yicha, 5 yoshli otlar yo‘nalishida – Xurshidbek Alimjonov faxrli 2-🥈o‘rinni egalladi.
130 sm to‘siqlar bo‘yicha – Alisher Erkinov va ot Kuldenser jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
140 sm to‘siqlar bo‘yicha – Xurshidbek Alimjonov va ot Chaman juftligi 1-🥇o‘rinni zabt etdi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan barcha chavandozlarimiz yuksak professionallik va tayyorgarlik darajasini namoyon etishdi. Bu natijalar O‘zbekiston ot sportining xalqaro miqyosda yuksalayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yutuq bilan cheklanib qolmay, oldinda turgan boshqa nufuzli musobaqalarda ham yuqori natijalarni ko‘zlab, faol tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.
📝
Musoboqada Rossiyaning yetakchi ot sporti maydonlaridan birida o‘tkazildi va unda bir nechta davlatlardan kelgan tajribali chavandozlar ishtirok etdi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#YoshIqtidorlar #Chavandozlar #UzSport #SportMaktab #SportMaktabi #OtSportiFederatsiyasi 🏆🎉
