📅12 sentyabr 2025 yil
📍Moskva viloyati, Rossiya Federatsiyasi
2025 yilning 12 sentyabr kuni Moskva viloyatida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha nufuzli “Biznes na Kone” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi faxrli ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.
Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjanov 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida yuksak mahorat va professional tayyorgarlik namoyon etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq nafaqat sportchimiz, balki butun O‘zbekiston ot sporti rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ining yana bir bor baland ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#TeamUzbekistan #UzSport #Chavandozlar #ShowJumping2025 🥇🎉🏆
