“O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi tayyorgarligi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi📍Qashqadaryo

“O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi tayyorgarligi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📍Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani
📅2025-yil 10-sentabr
“O‘zbekiston otlari” nomli nufuzli ko‘rgazmani yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy yilning 10-sentabr kuni videoselektor tarzidagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Milliy gvardiyaning Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan Qorabayir otchilik majmuasida tashkil etilayotgan ko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev va federasiya bosh kotib Aloxoja Shadixojayev ham ishtirok etdi. Tadbir davomida ko‘rgazmaning tashkiliy masalalari, qatnashuvchi zotdor otlar, sportchilar va namoyish etiladigan milliy an’analar muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusi xalqaro va respublika miqyosidagi ot sporti musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish, infratuzilmalarni rivojlantirish, yosh otbonlar va sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalar belgilab olindi.
Mazkur ko‘rgazma orqali yurtimizdagi zotdor otlar naslchilik salohiyati, milliy ot sporti va otchilik an’analarining targ‘iboti yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#YoshIqtidorlar #Chavandozlar #UzSport #SportYangiliklari 🏆