2025-yil 5-oktyabr, Tallinn, Estoniya 🥉🏆
2025-yil 5-oktyabr kuni Estoniyaning Tallinn shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ot sporti musobaqasining final bosqichida O‘zbekistonlik sportchi Abdullayev Abdurahmon to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida munosib ishtirok etdi.
Sportchimiz musobaqa davomida 150 sm balandlikdagi to‘siqlarni mohirlik bilan bosib o‘tib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va umumiy natijalarga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi. U ushbu natija orqali bronza medali sohibiga aylandi hamda O‘zbekiston ot sporti tarixiga navbatdagi xalqaro muvaffaqiyatni qo‘shdi.
Mazkur natija Abdullayev Abdurahmonning professional tayyorgarligi, sabr-toqati va sportga bo‘lgan fidoyiligidan dalolat beradi. 🏆🎉
O‘zbekiston sporti uchun faxrli voqea bo‘lib, yosh avlod sportchilariga namuna bo‘la oladi.✅
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#ShowJumping2025 #TeamUzbekistan #OtSporti #UzSport #XalqaroMusobaqa #OliyMahorat 🎉