O‘zbekiston delegatsiyasi III Osiyo o‘smirlar o‘yinlari doirasidagi ot sporti musobaqasida ishtirok etadi 
📍Manama shahri, Bahrayn Qirolligi
📅2025-yil 22–27-oktyabr
2025-yil 22–27-oktyabr kunlari Bahrayn Qirolligining Manama shahrida III Osiyo o‘smirlar o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (show-jumping ) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli sport tadbirida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining bosh kotibi Shadixojaev Aloxo‘ja hamda xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Qurbonov Akbar qatnashmoqda.
Musobaqa arafasida barcha ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalari ishtirokida rasmiy texnik yig‘ilish tashkil etildi. Unda musobaqaning tashkiliy jihatlari, sportchilar ishtiroki bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ot sporti sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu xalqaro musobaqadagi ishtiroki mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro sport maydonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #showjumpingnews #equestrianrules #SportYangiliklari #UzSport

