Xabaringiz bor Joriy yilning 22–27 oktyabr kunlari Bahraynning

Xabaringiz bor Joriy yilning 22–27 oktyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida III-yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kompleks musobaqada ot sportining to‘siqlardan sakrash sport (Jumping) musobaqasi joy olgan.Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoa a’zolari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati 26-oktaybr kuni bo‘lib otadigan ishtirok etishdi.Xalqaro hakamlar tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda musobaqada chavandozlar ishtirok etishlari uchun qura tashlash marosimida chavandozlarimiz Valijonov Boburjon 20 raqamda, Sharipov Akbar 24 raqamda, Shokirov Dilshod 35 raqamda ishtirok etishlari ma’lum qilindi.
Musobaqa 120 sm balandlikdan iborat bo‘lib unda 20 dan ortiq Osiyo davlatlari ishtirok etishmoqda ushbu musobaqada chavandozlarimizga katta muvaffaqiyat va faxrli o‘-rinlar tilab qolamiz.
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi barcha sportchilarimizga muvaffaqiyat va omad tilaydi! 🇺🇿
🐎
Bahrain 🇧🇭 vaqti 🕕 18:00
Ózbekiston 🇺🇿vaqti 20:00 🕗
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#TeamUzbekistan #EquestrianSport #Jumping #Manama2025 #UzEquestrian #OsiyoOyinlari #OtSporti 🏆