🏇 Ot sporti bo‘yicha to‘siqlardan sakrash turi — FEI Jumping World Challenge 2025 musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi!
Jahon ot sporti federatsiyasi (FEI) tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa otliqlar mahoratini xalqaro standartlar asosida baholash va tajriba almashish maqsadida o‘tkaziladi. Birinchi bosqich doirasida sportchilar uchta toifadagi — “A”, “B” va “C” kategoriyalarida bellashdilar.
🏅Marshrut №1: Kategoriya “A” (120–130 sm)
1-o‘rin — Rozmuhamedov Bekzod (ot: Akdarius)
2-o‘rin — Abdurahmonov Ilyosbek (ot: King Cornet)
3-o‘rin — Mamadaliev Dilshodbek (ot: Sweet and Sour)
🏅Marshrut №2: Kategoriya “B” (110–120 sm)
1-o‘rin — Sigidina Anna (ot: Elis G)
2-o‘rin — Rozmuhamedov Bekzod (ot: Navruz)
3-o‘rin — Tohirjonov Lochinbek (ot: Kaskad UJC)
🏅Marshrut №3: Kategoriya “C” (100–110 sm)
1-o‘rin — Abdurashidov Shavkat (ot: Narletta A.V.)
2-o‘rin — Juraev Jurabek (ot: Columbo)
3-o‘rin — Alpamyshev Feruz (ot: Rubin)
Mazkur bosqichda ishtirok etgan barcha chavandozlar va murabbiylar musobaqaning yuqori saviyada o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Sportchilar texnik mahorat, aniqlik va jamoaviy ruhni namoyon etdilar.
🏇 FEI Jumping World Challenge 2025 musobaqasining 2-bosqichiga tayyorgarlik ishlari 13-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda sportchilar yanada murakkab marshrutlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#UzEquestrian #Sport2025 #ShowJumping #OtSporti #AsianYouthGames2025 #UzSport #YoshIqtidorlar 🏆

