📅2025-yil 5–8 noyabr, Buxoro viloyati
MAMAJON ISMOILOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN OT SPORTI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI MUSOBAQASI BOSHLANDI
Buxoro viloyatida joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida ot sportining “Uchkurash” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqa ot sporti rivojiga katta hissa qo‘shgan sport ustasi Mamajon Ismoilov xotirasiga bag‘ishlangan.
🏇 5-noyabr kuni musobaqaning dastlabki kuni bahslari yakunlandi. Ungacha otlar ko‘rigi abetdan keyin o‘tkazildi. Bellashuvlarda mamlakatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tajribali va yosh chavandozlar yakkalik tartibida o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqa milliy an’analarimizni asrab-avaylash, ot sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli chavandozlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.
Musobaqa 8-noyabrga qadar davom etadi.
Barcha ishtirokchi chavandozlarga omad va yuksak natijalar tilaymiz!
📍Joy: Buxoro viloyati, Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi
📆Muddat: 2025-yil 5–8noyabr
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Sport2025 #XalqaroMusobaqa #UzEquestrian ✅

