2025-yil 13–16 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ain

2025-yil 13–16 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ain shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 145 sm balandlikdagi to‘siqlarni o‘z ichiga olgan CSI2* toifadagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.
15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi dasturda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:
Kurbanov Bekzod 145 sm balandlikdagi to‘siqlar bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ishonchli chiqish ko‘rsatib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Abdullaev Abdurahmon esa mazkur yo‘nalishda barqaror natija qayd etib, 6-o‘rinni egalladi.
Musobaqa dasturida yana bir kunlik bahslar rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasining ushbu bosqichlarda ham yuqori natijalarga erishishiga va mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilishiga ishonch bildiramiz.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#XalqaroMusobaqa #UzbekistanEquestrian #OtSporti #Sport2025