🏆 OT SPORTIDA YIL YAKUNI VA MUNOSIB E’TIROF 🐎📅

🏆 OT SPORTIDA YIL YAKUNI VA MUNOSIB E’TIROF 🐎

📅 Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan 2025-yil sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📊 Tadbir davomida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 2026-yilda o‘tkaziladigan musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

🎖 Tadbirning ikkinchi qismi esa yil davomida yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda fidoyi mutaxassislarni taqdirlashga bag‘ishlandi.

⭐️ Faxr bilan e’tirof etamiz:
🐎 Ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha
🏆 Yilning mutlaq chempioni — Abdullayev Ma’rufbek

🐎 Ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha
🏆 Yilning mutlaq chempioni — Mamdaliev Dilshod

🎉 Shuningdek, respublika bo‘yicha 14 ta chavandozlar maktablari orasida
🏅 “Yilning eng yaxshi Chavandozlar maktabi” nominatsiyasi
📍 Samarqand viloyati Chavandozlar maktabiga nasib etdi!

🤝 Tadbir yakunida federatsiya raisi Baxromjon Gaziyev tomonidan
Samarqand viloyati hokimi Boboyev Adiz Muzaffarovichga
🐎 ot sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun
📜 tashakkurnoma topshirildi.

Yutuqlar davomli, g‘alabalar bardavom bo‘lsin!