Al-Ayn shahridagi xalqaro musobaqalar oldidan otlar ko’rigi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 25-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘tkazilayotgan CSI3-W va CSIYH1** toifalaridagi xalqaro ot sporti musobaqalari oldidan vet-check — sport otlarining veterinariya ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jarayon davomida musobaqada ishtirok etuvchi otlarning sog‘lig‘i, umumiy holati, harakat faolligi hamda musobaqaga tayyorgarlik darajasi mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan baholandi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari otlar ko’rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Endilikda chavandozlarimiz va sport otlarimizni oldinda mas’uliyatli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda. O‘zbekiston terma jamoasiga, chavandozlarimizga va sport otlarimizga musobaqalarda omad, yorqin chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

