✨ Gala Dinner 2025
2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali Gala Dinner kechasi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu gala-oqshom sport jamoatchiligi, federatsiyalar vakillari hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mehmonlarni bir joyga jamladi.
Tadbir davomida:
• yil davomida erishilgan muhim natijalar sarhisob qilindi,
• sportchilarning, murabbiylarning va mutaxassislarning mehnati e’tirof etildi,
• kelgusi yil uchun yangi maqsad va rejalar muhokama qilindi.
Gala Dinner 2025 sportdagi birlik, e’tirof va kelajak sari ishonch ramziga aylandi.

