🎓 Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yo‘lida muhim bosqich
“Sodiq xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sohibi Gaziyev Baxromjon Valiyevich ayni kunlarda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilish arafasida.
Ilmiy ish 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha
“Ot sportida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi chavandozlarni tayyorlash uslubiyati” mavzusida tayyorlangan.
Dissertatsiya himoyasi 2026-yil 5-yanvar kuni soat 14:00 da
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
DSс.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Metallurglar ko‘chasi, 15-uy,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,
“Madaniyat saroyi” konferensiyalar zali.
Gaziyev Baxromjon Valiyevichga mazkur mas’uliyatli ilmiy jarayonda omad, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz.

