Kirib kelgan Yangi 2026 yil — Ot yili barchangizga

Kirib kelgan Yangi 2026 yil — Ot yili barchangizga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nomidan sizlarni Yangi yil bilan samimiy tabriklaymiz.

Yakunlanib borayotgan yil biz uchun mazmunli, samarali va yutuqlarga boy bo‘ldi. Sportchilarimiz xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, o‘z mahorati va iroda kuchini yana bir bor namoyon etdilar.

Ot yili barchamizga omad, baxt, mustahkam sog‘lik, ishlarimizda rivoj, sportda esa yangi g‘alabalar olib kelsin. Yangi yil yanada katta marralar, yorqin natijalar va ezgu yangiliklarga boy bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 🐎