Yangi 2026 yil — Ot yili muborak bo‘lsin!🎄O‘zbekiston yilqichilik

Yangi 2026 yil — Ot yili muborak bo‘lsin!🎄

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Ot azaldan kuch-qudrat, oliyjanoblik, sadoqat va g‘alaba ruhining ramzi bo‘lib kelgan. Ot yili har biringizga ertangi kunga ishonch, omad, yaratuvchanlik quvvati hamda sportda va hayotda yangi zafarlar olib kelsin.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, barqarorlik, yorqin g‘alabalar, toza marshrutlar va maqsadlar sari qat’iyat bilan olg‘a intilishni tilaymiz. Yangi yil taraqqiyot, muvaffaqiyat va yuksak natijalar yili bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi!🐎