Joriy yilning 17 yanvar kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot

Joriy yilning 17 yanvar kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati Markaziy ippodromiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Markaziy ippodrom hududida oʻrganish ishlari olib borildi. Ushbu oʻrganish jarayonida mavjud sharoitlar koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Federatsiya rahbariyati sport otlari bilan tanishdi, otlar saqlanadigan joylar (denniklar) holatini oʻrgandi, mashgʻulot va musobaqa maydonlarini koʻzdan kechirib, kamchiliklar aniqlandi va tez orada ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ma’sul hodimlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Markaziy ippodrom hududida xalqaro musobaqalar hamda Oʻzbekiston chempionatlarini oʻtkazish masalalari muhokama qilinib, musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish, infratuzilmani rivojlantirish va zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.