📌 30-yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich

📌 30-yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun.

Bugun mustaqil O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasi hurmat bilan yod etiladi. U kishining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, davlat boshqaruvi va taraqqiyotining poydevorini yaratish yo‘lidagi xizmatlari xalqimiz xotirasida muhrlanib qolgan.

Islom Karimovning davlat va jamiyat rivoji yo‘lidagi mehnati, murakkab tarixiy davrda qabul qilgan qarorlari va olib borgan siyosati O‘zbekistonning mustaqil yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning xotirasini doimo ehtirom bilan eslaymiz va ularning merosiga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz. 🌿

📌 30 января отмечается день рождения первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абдуганиевича Каримова.

Сегодня мы вспоминаем и чтим память первого Президента нашей страны — Ислама Абдуганиевича Каримова, родившегося 30 января 1938 года. Хотя он уже не с нами, его роль в становлении независимого государства, укреплении мира и стабильности, формировании основ суверенной Республики Узбекистан навсегда останется в исторической памяти нашего народа.

Мы выражаем уважение и благодарность тем лидерам, которые своим трудом внесли вклад в развитие страны и укрепление её независимости, и продолжаем чтить их наследие с признательностью и уважением. 🌿