🏆🇺🇿 Bekzod Kurbanov Jahon kubogi finalida munosib ishtirok etdi9-aprel

🏆🇺🇿 Bekzod Kurbanov Jahon kubogi finalida munosib ishtirok etdi

9-aprel kuni AQShning Dallas shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finalining ilk kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov Matts VG laqabli oti bilan ishtirok etdi. Sportchi 160 sm balandlikdagi murakkab marshrutda startga chiqib, nufuzli musobaqada o‘zini munosib tarzda namoyon etdi.

Bunday darajadagi musobaqada ishtirok etishning o‘zi katta yutuq hisoblanadi. Dunyoning eng kuchli chavandozlari jam bo‘lgan maydonda Bekzod Kurbanov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

📊 Birinchi kun yakunlariga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 🇺🇸 Kent Farrington — Toulayna
🥈 🇩🇪 Daniel Deusser — Otello de Guldenboom
🥉 🇨🇭 Steve Guerdat — Albfuehren’s Iashin Sitte

Musobaqaning navbatdagi bosqichi 10-aprel kuni AQSh vaqti bilan 19:00 da (Toshkent vaqti bilan 11-aprel 05:00 da) bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 Muxlislar Bekzod Kurbanovga keyingi startlarda omad tilaydi!
______

🏆🇺🇿 Бекзод Курбанов достойно выступил в финале Кубка мира

9 апреля в городе Даллас (США) прошёл первый день финала Кубка мира по конкуру.

В составе сборной Узбекистана участие принял Бекзод Курбанов со своей лошадью Matts VG. Спортсмен вышел на маршрут с высотой препятствий 160 см и достойно проявил себя на престижном международном старте.

Само участие в соревнованиях такого уровня является большим достижением. На арене, где собрались сильнейшие всадники мира, Бекзод Курбанов достойно представил Узбекистан.

📊 По итогам первого дня победителями стали:
🥇 🇺🇸 Kent Farrington — Toulayna
🥈 🇩🇪 Daniel Deusser — Otello de Guldenboom
🥉 🇨🇭 Steve Guerdat — Albfuehren’s Iashin Sitte

Следующий этап соревнований состоится 10 апреля в 19:00 по местному времени (11 апреля в 05:00 по времени Ташкента).

🇺🇿 Болельщики с нетерпением ждут следующего выступления Бекзода Курбанова и желают ему удачи!