Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a‘zolari Yevrosiyo yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro ot sporti musobaqasida ishtirok etadi🎉
2025 yil 16-21 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro Yevrosiyo yoshlar va o‘smirlar musobaqasi o‘tkaziladi.🏆
Mazkur musobaqada ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z chavandozlari bilan ishtirok etishga tayyorlanmoqda. Musobaqada nafaqat kuchli yosh sportchilar balki xalqaro darajadagi mutaxassislar qatnashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:
Kurbanov Bekzod
Tuyakbayev Nurjan
Sharipov Akbar
Erkinov Alisherjon
Abdurakhmonov Ilyesbek
Alimjanov Hurshidbek
Sobirjonov Oqiljon
Yoldoshev Ibrahim
Musobaqa haqida qisqacha ma’lumot:
Ushbu musobaqa yosh va istiqbolli chavandozlar uchun o‘z mahoratini xalqaro maydonda sinab ko‘rish, tajriba orttirish va O‘zbekiston bayrog‘ini munosib ko‘tarish imkonini beradi.
Musobaqa doirasida sportchilarimiz o‘zaro raqobatlashib, to‘siqlardan sakrash bo‘yicha yuqori natijalar uchun kurashadilar. Shu bilan birga, xalqaro maydondagi tajriba almashinuvi ham muhim ahamiyatga ega.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#sportxabarlar #sportxabarlari #ShowJumping #dunyoxabarlari #Cavallo ✅

