O‘zbekiston terma jamoasi ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha

O‘zbekiston terma jamoasi ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqada faxrli 1-o‘rinni egalladi🇺🇿🎉🏆

📍Moskva viloyati, Rossiya Federatsiyasi
📅19-iyul, 2025-yil

2025-yil 16–21-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan “Maxima Stable” ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada bir qator davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, yuqori sport mahoratini namoyish etdi hamda umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.🌎🏆🎉🇺🇿

📊Individual bahslar natijalari (19-iyul):
🔹 110 sm balandlikdagi to‘siqlar:
🥇De-Gova Elena
🥈Evshtieyeva Veronika
🥉Sobironov Okil (O‘zbekiston)
🔹 120 sm balandlik (1-guruh):

Toropova Svetlana🥇
Lavrentyeva Mariya
🥈
Yuldashev Ibragim (O‘zbekiston)
🥉
🔹 120 sm balandlik (2-guruh):

Savelyev Igor🥇
Uliticheva Anna
🥈
Alimjonov Khurshidbek
🥉(O‘zbekiston)
🏆Jamoaviy bahslar yakuniy natijasi:
O‘zbekiston terma jamoasi – 1-o‘rin

Jamoa tarkibi:🏆🇺🇿🥇

Erkinov Alisherjon — ot: Cool Dancer
Sharipov Akbar — ot: Affir
Alimjonov Khurshidbek — ot: Shape of My Heart
Kurbonov Bekzod — ot: Santos Hippico
Bu yutuq O‘zbekiston ot sportining xalqaro miqyosdagi yuksalishining yana bir yorqin dalilidir. Yosh sportchilarimizning professional tayyorgarligi, intilishi va otlar bilan uyg‘unligi xalqaro hakamlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
✏️
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OtSporti2025
#XalqaroMusobaqa #TermaJamoa #Live